
De Rossi uchun yana bir jamoa kurash boshladi
Mavsum yakunlangach "Roma"dan ketishi e’lon qilingan yarim himoyachi Daniele de Rossi uchun yana bir da’vogar jamoa paydo bo‘ldi.
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli futbolchining xizmatlariga "Inter" klubidan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Agar Antonio Konte "neradzurrilar" bosh murabbiyi bo‘lsa ushbu transfer amalsha oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq de Rossiga "Zenit", "Manchester Siti", “Boka Xuniors” va “Nyu-York Siti” klublaridan ham qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar