De Rossi 26 may kuni "Roma"dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi (video)

  • 14 may, 2019, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" yarim himoyachisi Daniele De Rossi mavsum yakunlangach jamoadan ketadi.

Tecno

Rimliklar rasmiy saytining xabar berishicha 26 may kuni bo‘lib o‘tadigan A Seriyaning 38-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Parma" bahsi 35 yoshli italiyalik futbolchi uchun “bo‘rilar” safidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, De Rossi “Roma”dan ketgach futbolchilik faoliyatini yakunlaydimi yoki boshqa jamoaga o‘tadimi, bu haqda ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, De Rossi 2000 yildan buyon “Roma” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida rimliklar safida jami 614ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 63ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!