De Paul muhim g‘alabadan so‘ng Messi haqida gapirdi
"Inter Mayami"ning argentinalik yarim himoyachisi Rodrigo de Paul Liga kubogi finaliga chiqqan yulduz jamoadoshi va hamyurti Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
- Lionel futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi ekanini yana bir bor isbotladi. Messi har doim Jahon chempionatidagi kabi qat’iyatli, - deya xavbekning so‘zlarini keltirmoqda Goal portali.
Eslatib o‘tamiz, Ligalar kubogi yarim finalida "Inter Mayami" "Orlando Siti" ustidan irodali g‘alabaga (3:1) erishdi. Ortda qolgan uchrashuvda 38 yoshli Messi ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqa finalida Xaver Maskerano shogirdlari "Sietl Saunders"ga qarshi maydonga tushadi.



Fikrlar