
De la Fuente Morataning penaltini amalga oshira olmaganiga munosabat bildirdi
Millatlar ligasi finalidagi asosiy vaqtdan keyingi penaltilar seriyasida (2:2, 3:5) Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morataning zarbasini portugaliyalik darvozabon Diegu Koshta qaytardi. Bellashuvdan so‘ng ushbu vaziyatga ispaniyalik mutaxassis o‘z fikrlari o‘rtoqlashdi.
"Darvozabon Morataning zarbasi yo‘nalishini to‘g‘ri taxmin qildi. Hamma o‘yinchilar ham penalti tepishni xohlayvermaydi, mening jamoamda esa barcha tepishni xohlaydi
Alvaro - haqiqiy chempion. U gol ura olmaganidan juda achinaman, lekin bu tabiiy holat. Men undan zarba berishni so‘ragan edim, ammo u gol ura olmadi" - dedi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi to‘qnashuvning 111-daqiqasida "Galatasaray" hujumchisi Mikel Oyarsabal o‘rniga maydonga tushdi. Penaltilar seriyasidagi zarbasini esa darvozabon qaytardi.
Fikrlar