De Bur Gollandiya terma jamoasida antirekord qayd etdi

  • 12 noyabr, 2020, 12:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frank De Burning Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati omadsiz kechyapti.

Tecno

Sentyabrda Ronald Kumanning o‘rnini egallagan 50 yoshli mutaxassis o‘tgan davr mobaynida jami 4 ta o‘yin o‘tkazdi va uning boshqaruvidagi jamoa birorta ham g‘alaba qayd etmadi.

Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu Gollandiya terma jamoasi tarixidagi antirekordga aylandi. Boisi, bunga qadar ushbu lavozimda ishlagan barcha murabbiylar ko‘pi bilan dastlabki 3 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan.

De Burning Gollandiya terma jamoasi dastlab Meksikaga (0:1) yutqazib qo‘ydi, keyinroq Bosniya va Gertsegovina (0:0), Italiya (1:1) va Ispaniya (1:1) termalari bilan durang o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!