
De Bryuyne hech kim kutmagan jamoaga o‘tishi mumkin
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne joriy mavsum oxirida shartnomasi yakunlanishi munosabati bilan klubni tark etadi.
“Siti” rahbariyati 33 yoshli futbolchini klubga egalik qiluvchi City Football Group xoldingiga qarashli jamoalardan biriga o‘tishini istayapti. Bu kompaniya “Nyu-York Siti” (AQSh), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Jirona” (Ispaniya), “Trua” (Frantsiya), “Mumbay Siti” (Hindiston) kabi bir necha jamoaga egalik qiladi.
Boshqa tomondan Kevin de Bryuynega Evropaning kuchli ligalaridan va Saudiya Arabistonidan chorlovlar bo‘lmoqda.
Endi belgiyalik charm to‘p ustasiga yana bir jiddiy da’vogar paydo bo‘ldi. “Inter Mayami” tajribali o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu klub mutasaddilari Kevinni asosiy transfer nishoni sifatida belgiladi va u bilan yanvar oyida muzokara o‘tkazib, transferni tezroq hal qilishni mo‘ljallamoqda.
Fikrlar