Davron Kabulov: "Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazgan paytda tarkibda bo‘lgan Aziz Haydarov a-a-a deb qolgan bo‘lishi mumkin"

  • 17 fevral, 2021, 13:52
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Aziz Haydarov saytimizga bergan intervyusida "Million" jamoasi a’zosi Davron Kabulov haqida fikr bildirgan edi.

Tecno

Kabulov yaqinda "YouTube"dagi kanallardan biriga bergan intervyusida Haydarovning gaplariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Endi Aziz Haydarovga to‘xtaladigan bo‘lsam, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi, hozirda terma jamoalar markazini rahbari lavozimida faoliyat yurityapti. Haydarov "Davronga savol bersam, gapirolmay a-a-a-a deb qoldi",- degan. Futbolchi boshlovchiga nimadir gapirsa, a-a-a-a deb qolishiga ishonasizmi? Birinchidan, men bunga engilroq yondashdim. Biz futbolchilarni har kontsertimizda hazil qilamiz. Shu sababli, bir gapirgan bo‘lsa gapiribdi-da, degan ma’noda qabul qildim.

Lekin aslida, voqea, u suhbat unaqa ko‘rinishda bo‘lmagan. U terma jamoalar markazi rahbari, ammo Aziz Haydarov u erda juda bir katta narsalarni hal qiladi, deb o‘ylamayman. Hal qiladigan odamlar ichida Aziz Haydarov yo‘q. Uning qo‘lida emas. Masalan, shaxmatda shoh, farzin bo‘ladi, to‘g‘rimi? Aziz Haydarov u erda shoh ham, farzin ham emas. Yakuniy qarorni u qabul qilmaydi, deb hisoblayman. Bu meni shaxsiy fikrim. Men javob qaytarishni istamadim, sababi, u erda yolg‘on aralashgan.

Aslida, Haydarov "Kelinglar, avval murabbiylikka o‘qinglar", degandi. Biz Alisher Uzoqov bilan birga rostdan ham Jismoniy tarbiya institutiga borib o‘qimoqchimiz, degandim.

O‘zbekiston Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazgan paytda tarkibda bo‘lgan Aziz Haydarov a-a-a, deb qolgan bo‘lishi mumkin. Agarda Aziz Haydarov istasa, terma jamoa yig‘ini bo‘ladigan paytda Vadim Abramov bilan birgalikda asosiy tarkibni yig‘sin. Men ular chaqirmagan O‘zbekiston chempionatidagi qolgan futbolchilardan bitta tarkib tuzaman. Yonimga bitta murabbiy olaman. Asosiy tarkibga jalb qilinmagan yoshlardan bitta tarkib tuzaman. Agar xohlashsa, bu o‘yinni telekanalda jonli efirda ko‘rsatsin", - deydi Kabulov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998902610401
17/02/2021 14:56
Зўр жавоб берибсан Даврон санга терма жамоани бериш керак чунки хеч бир мураббий сани сиргарин ишонч билан натижа қиламан деб айтолмаган барибир термани мураббийлари биронтаси натижа қилолмаяпти тўғрими демак сан бошқарсанг хам мободо натижа бўлмаса бу оддий хол бўлади доимгидай
Baxil Alihuja
18/02/2021 17:18
Футбол федерациясидаги хамма ходимларни таркатиб юбориш керак! Биронта хам тузукрок ходимни узи ЙУК! Терма жамоага ракобатчи сифатида очик таркибли бир нечта терма жамоа тузиш керак. Бу термалар узаро учрашса, хакикий уйинчилар ва хакикий мураббийлар куринади! Ракобат ривожланиш учун зарур!!! Лекин термада ракобат ЙУК