Davron Hoshimov endi "Metallurg" sharafini himoya qiladi

  • 29 iyul, 2024, 11:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

32 yoshli tajribali himoyachi Davron Hoshimov faoliyatini yana Superligada davom ettiradi.

Tecno

Birinchi davrani pro ligada “Buxoro” safida o‘tkazgan himoyachi endi Bekobodning “Metallurg” klubida to‘p suradi. Futbolchi yaqinda ushbu jamoaga qo‘shildi va mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Keyinchalik bitim uzaytirilishi ham mumkin.

Davron Hoshimov birinchi davrada “Buxoro” safida pro ligada 8 ta, O‘zbekiston Kubogida 4 ta bellashuvda maydonga tushdi.

Tez orada futbolchi bilan intervyuni Sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!