
Davron Fayzievni “Barselona” – “Bavariya” o‘yini oldidan 2 ta savol juda ham qiziqtirmoqda
Bugun EChL chorak finali doirasida bo‘ladigan “Barselona” – “Bavariya” qarama-qarshiligidan avval, taniqli sharhlovchi Davron Fayziev “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Sharhlovchi imkoniyatlar borasida myunxenliklarning imkoniyatini yuqoriroq baholamoqda.
EChL. "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvini kim sharhlaydi?
– “Bavariya” hozir EChLda asosiy favorit, deb o‘ylayman. Aslida musobaqada 3 ta favorit bor. Bular “Bavariya”, “Barselona” va “Manchester Siti”. PSJni qo‘shmay turaman. Chunki ularda o‘yin amaliyoti kam. Frantsiya chempionatni erta tugatib qo‘ydi. Parijliklar kerakli darajada raqobatli o‘yinlar o‘tkaza olmadi.
Eng yaxshi va eng yomon tomoni, chorak finalda “Bavariya” va “Barselona” o‘zaro to‘qnash keldi. Ijobiy tarafi, biz chorak finalda ham bitta finalni ko‘ramiz. Avvalgi bosqichdagi “Manchester Siti” hamda “Real” bellashuvi ham bitta final edi. Mana endi chorak final va oldinda yana bitta finalimiz bor. Shuning uchun bu yaxshi. Salbiy tomoni esa uchtagina favorit qoldimi, shulardan bittasi chiqib ketadi. Bitta top klub musobaqa bilan xayrlashadi. Bu yomon.
"Barselona" va "Bavariya" uchrashuvida chindan ham shu futbolchilar maydonga tushadimi? (Foto)
“Real” nega “Manchester Siti”ga yutqazdi? Gvardiola jamoasi EChL sovrini uchun asosiy nomzod?! – Davron Fayzievdan tahlil
Hamma narsaning bir yaxshi, bir yomon tarafi bo‘ladi. Shunga biz ongli ravishda rozi bo‘lishimiz lozim. Shaxsan men intizorlik bilan kutmoqdaman bu o‘yinni. Sababi anchadan beri bu qarama-qarshilikda “Bavariya” yaqqol ustundek ko‘rinmagandi. Hozir menimcha, yaqqol favoritdek tuyulmoqda. To‘g‘ri, Messi faktori bor. Buni hech qanaqasiga inkor etib bo‘lmaydi. Narigi tomonda Levandovski. Ha u Leo emas, natijalari bo‘yicha. Biroq Robert bu mavsum Lioneldan yomon o‘ynamayapti.
Ana shunday qiyin vaziyatdan “Barselona” qanday chiqib ketadi? “Barselona”dek raqib bilan “Bavariya” nemis mashinasi bo‘lib ko‘rinadimi yoki yo‘q? Mana shu ikkita savol meni juda ham qiziqtirmoqda. Oz qoldi. Yaqinda bilib olamiz. Shu o‘yinni intizorlik bilan kutyapman, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar