Davron Fayziev: "Real" endi "Liverpul" bilan o‘z sardorisiz o‘ynaydi

  • 1 aprel, 2021, 20:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z "Telegram" sahifasida Serxio Ramosning jarohati xususida quyidagi fikrlarni bildirdi:

Tecno

"Yaqinda Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski bir oyga safdan chiqqandi. PSJ bilan ikkala o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Endi Ispaniya terma jamoasi o‘yinidan keyin boshqa bir yulduz Serxio Ramos jarohat oldi. Uning tiklanishi ham 4 haftaga borarkan. "Real" endi "Liverpul" bilan o‘z sardorisiz o‘ynaydi. Katta yo‘qotish. Oxirgi payt Serxio ko‘p jarohat olmoqda. U 35 yoshda. To‘g‘ri, hali ham darajasini ushlab turibdi. Ammo organizm bunday yuklamalarga dosh bera olmayotganga o‘xshaydi. Balki, shuning uchun Peres uning shartlariga osonlikcha ko‘nmayotgandir. 2-3 yil avval Florentino uning ostonasi tagiga yotib olgan bo‘lardi. Ramos ketadi demoqchi emasman. Shunchaki, 35 yoshda balki aynan u bir gapdan qolib, taklif etilgan maoshga rozi bo‘lishi kerakdir. Chunki, "Real" o‘z afsonalariga u qadar bog‘lanib qolmaydi. Ehtimol, buni Ramos ham tushunar, lekin taslim bo‘lish uning xarakteriga mos emas", - deb yozadi Fayziev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!