Davron Fayziev: Mourino imkon bersa Shomurodov oqlaydi

  • 15 may, 2022, 17:51
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 37-turida "Venetsiya" - "Roma" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab, ilk daqiqadayoq mezbonlar futbolchisi Okereke hisobni ochdi. 76-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Tecno

Uchrashuvdan sng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida murabbiy Shomurodovga imkon berish kerakligi haqida fikr bildirdi.

Italiya A seriyasida "Roma" "Venetsiya"ni qabul qildi. O‘yinning 60-daqiqasida hisob 0:1 bo‘lib turganda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. 76-daqiqada Shoma super-pas bilan Pellegrinini birga-bir chiqarib yubordi, darvozabon qutqardi. Qaytgan to‘pni Eldor kuchli zarba bilan darvozaga joyladi, 1:1. Bir ochko va durangdan so‘ng "Roma" jadvalda 6-o‘rinni egallab turibdi.

photo_2022-05-15_01-42-43

Italiya chempionati tugashiga bir tur qoldi va uni "Roma" mehmonda "Torino" bilan o‘tkazadi. "Venetsiya"ga qarshi "Roma"ning oxirgi uy o‘yini edi va Shomurodovning "Olimpiko"dagi mavsum yakunida gol urgani juda yaxshi bo‘ldi. Bu o‘zbek hujumchisining "Roma"dagi umumiy beshinchi goli.

26 may kuni "Roma" shuningdek, Konferentsiyalar ligasi finalida "Feyenoord"ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 26 may kuni Albaniyada o‘tkaziladi. Mourino imkon bersa Shoma oqlaydi, - dedi sharhlovchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TURDIYEV AKRAMJON
15/05/2022 20:16
Ланати жузе шомиродов ни кучга тулган пайтда уйнатмай захирада ушлаб турди