Davron Fayziev: Mavsum boshida "Everton"ni APLda qolish uchun kurashadi, deganda ishonish qiyin bo‘lardi

  • 20 may, 2022, 16:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" APL 33-turidan qoldirilgan o‘yinda "Kristal Pelas" bilan kuch sinashdi. Unda maydon egalari 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.

Birinchi taymda ikki to‘p farqi bilan hisobda ortda borgan mersisaydliklar ikkinchi bo‘limda 3 ta gol urishni uddaladi. Shu tariqa, Lempard shogirdlari ligada jon saqlab qoldi.

Tecno

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘yindan keyingi fikrlarini bayon etdi.  

- Mavsum boshida "Everton"ni APLda qolish uchun kurashadi deganda ishonish qiyin bo‘lardi. Yaxshi byudjet, normal tarkib. Jarayonda esa hammasi murakkablashib ketdi. G‘oyalari 2014 yildan keyin yangilanmay qolgan Benites bilan klub ham o‘sishdan to‘xtadi. Lempard ham qiynaldi. Natijada, 37-turga kelib liverpulliklar Chempionship ostonasiga borib qolishdi.

"Kristal Pelas" bilan o‘yin stsenariysi aynan shu mavsumni o‘zida aks ettirdi. Birinchi bo‘lim 0:2 hisobida boy berildi. Keyin esa qutqaruv operatsiyasi boshlandi. Yakunda 3:2, "Everton" chempionat tugashiga bir tur qolganda ligada qolishni uddaladi. Bu voqea "Gudison"da ro‘y berdi va uchinchi goldan keyinoq muxlislar chidab tura olmay, maydonni to‘ldirishdi.

"Everton" titul yutmadi, ammo mavsum oxirida mana bunday emotsiyalarni o‘z muxlislariga taqdim etdi. Bu esa o‘sish uchun yaxshi baza bo‘ladi. Yoqimli jamoa, qolgani yaxshi bo‘ldi, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!