Davron Fayziev: "Manchester Siti" ikkita yaxshi transferni amalga oshirdi. Shu ikkita yurish bilan Gvardiola klubdan ketishi haqidagi gaplarga nuqta qo‘ydi

  • 6 avgust, 2020, 23:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yaqindagina Ferran Torres va Natan Ake kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Bu transferlarga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

EemPfqRWAAIscFw

- "Manchester Siti" ikkita yaxshi transferni amalga oshirdi. Gvardiola orzusidagi jamoani qurishda davom etmoqda va shu ikkita yurish bilan klubdan ketishi haqidagi gaplarga nuqta qo‘ydi. Albatta, asosiy faktorlardan biri "Siti"ning 2 yillik chetlatilishi yo‘q bo‘lishidir. "Nyukasl" loyihasi qulagach, "Man Siti" Angliyadagi eng badavlat klub maqomini saqlab qoldi. Tejamkorlik esa arab shayxlariga hos emas, ayniqsa u Al Nahayyon oilasidan bo‘lsa. Shayx Mansur "Siti"ni dunyoning eng kuchli klubiga aylantirish niyatidan voz kechmagan. Gvardiola esa invistitsiyalar samaradorligiga kafolat bera oladigan murabbiy.

EerRVxZXoAEE3yv

Ferran Torres va Natan Ake juda bir shov-shuvli transferlar emas. "Siti"da yulduzlar etarli. Foydali kelishuvlar, desak mosroq. Bu mehnatkash yigitlar, yaxshi statistikaga ega, o‘z klubida katta figura bo‘lishgan, lekin shu bilan birga yangi joyda raqobat uchun jang qilishga qarshi emas, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!