
Davron Fayziev: Leoga o‘xshash uchun Messi bo‘lib tug‘ilish kerak
Taniqli jurnalist va sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "Telagram" kanalida hozirgi paytda yuzaga kela boshlagan Xoland - Mbappe qarama-qarshiligi haqida post qoldirdi:
"Avvalgi baxslar endi yo‘q. Ronaldu va Messini allaqachon bir-biridan ajralmas fenomenlaridek qabul qilishgan va solishtirmay qo‘yishgan. Sport bu - raqobat, bir davrda aynan ikki daho o‘ynashida ham ramziy ma’no bor. Buyog‘iga barcha kutayotgani ham alohida Pele yoki Maradona emas, aynan ikki super futbolchi paydo bo‘lishi va o‘zaro kurashishi. Asosiy da’vogarlar bor. Xoland - Mbappe. Statistika bo‘yicha o‘shalar tempida ketishmoqda. Shunisi etarli. To‘liq o‘xshash endi ertak bo‘lib ketadi. Buning ustiga ikkisi ham bolalikdan Ronaldu muxlisi. Yangi formatdagi atletlar. Ideal jismoniy ko‘rsatkichlar. Ular Krishtianu modelini tanlab shu yo‘ldan yurishgan. Ya’ni, odamzotning mehnat qilish imkoniyatlari cho‘qqisini zabt etishmoqda. Undan ortig‘ini organizm ko‘tara olmasa kerak.
Messi muxlislari buni to‘g‘ri qabul qilishlari kerak. Chunki Leoga o‘xshashga intilish befoyda. Messi bo‘lib tug‘ilish kerak.
Bu davr takrorlanmaydi, kutmang", - deb yozadi Davron Fayziev.
Fikrlar