
Davron Fayziev: FUTBOLTV sharhlovchilar jamoasiga yana bir ijodkor kelib qo‘shildi
Taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z "Telegram" sahifasida ajoyib yangilikni e’lon qildi:
"Bahorgi TV transfer oynasida FUTBOLTV sharhlovchilar jamoasiga yana bir ijodkor kelib qo‘shildi. Hamkasbimiz Bobur Akmalov sharhlovchilik faoliyatida pauza yuzaga kelgani sababli UZREPORTTV bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzdi. Xabaringiz bor, jamoamiz Evro turnirlar va Proligadan tashqari, OFK chempionlar ligasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tabiiyki, parallel musobaqalar uchun tarkib kuchaytirilishi, ayniqsa Osiyo futbolida katta tajribaga ega mutaxassis pozitsiyasiga nomzod kerak edi. Kelishuv nomuayyan muddatga tuzildi. Akmalov shu haftaning o‘zida mashg‘ulotlarga kirishishi va rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin. Welcome", - deb yozadi Davron Fayziev.
Fikrlar