
David Silva “Latsio”ni aldab, boshqa klubga o‘tib ketdi
“Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlangan David Silva erkin agent sifatida “Latsio”ga o‘tishni kelishib olgan edi. Biroq, hal qiluvchi palla – shartnomani imzolash vaqti kelganida rimliklar Silvani tom ma’noda topa olmay qoldi.
Ispaniyalik futbolchi “Latsio” vakillari bilan aloqani uzib, qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ydi. Avvaliga, Silva arab shayxlarining yiliga 10 million evrolik taklifini qabul qilib, Qatar chempionatida qatnashadigan “Al-Arabi”ga ikki yilga o‘tishi aytilgandi.
Axiyri, bunday bo‘lib chiqmadi. Futbolchi o‘z yurtiga qaytib, “Real Sosedad” safiga qo‘shilgani haqida xabar tarqatildi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu jamoa 34 yoshli futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar