Dana Uayt: Masvidal va Dias o‘rtasida revansh jangi bo‘lmaydi

CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan jang oqshomi haqida fikr bildirdi.

Tecno

Ushbu kechada Xorxe Masvidal Neyt Diasni texnik nokautga uchratib, BMF sovriniga ega bo‘ldi. Bahsning 3 va 4-raundlar oralig‘ida shifokorlar Diasning jarohati tufayli jangni to‘xtatishdi.

"Shubhasiz, ajoyib jangni tashkil etganingizda, bunday holat ro‘y berishini kutmaysiz. Ikki kuchli sportchi o‘rtasida jang bo‘ldi. Shunday holatlar ham bo‘lib turadi," - dedi Uayt.

Shu qatorda, UFC prezidenti Masvidal va Dias o‘rtasida revansh jangi bo‘lmasligini ham aytib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!