Dana Uayt Konorning qaytishi va uning raqibi kim bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi
UFC prezidenti Dana Uayt promoushen sobiq chempioni Konor MakGregorning kelajagi borasida o‘z fikrini bildirdi.
- Keyingi hafta Konor bilan uchrashib uning kelajagi borasida suhbatlashishni rejalashtiryapman.
Engilmas Kovboy Serrone - MakGregor bellashuvi borasida o‘ylab ko‘rishim darkor, tan olish lozim, bu yaxshi fikr. Konor bu bahs haqida qanday fikr bildirishini bilmayman, - deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMAfighting.com nashri.
Ma’lumot uchun, Konor MakGregor ohirgi marta 2018 yilda UFC 229 turniri doirasida Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko‘tarilib mag‘lub bo‘lgandi.



Fikrlar