Dana Uayt Islam Maxachevga raqib sifatida kimni ko‘rmoqda?

  • 1 mart, 2022, 16:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt dam olish kunlari UFCda qatorasiga 10-g‘alabasiga erishgan, engil vazn (70.3 kg) toifasidagi Islam Maxachev (22-1) haqidagi voqeyliklar borasida so‘z yuritdi.

Tecno

“Bu yigit nihoyatda zo‘r. Bobbi Grin (29-13-1) jangga 10 kun qolganda rozi bo‘lgan, biroq yaxshi mashg‘ulot o‘tkazgan va biroz oldin ajoyib jang o‘tkazgandi. 

Maxachevning chempionlik jangi muhokama qilinmoqda. Lekin baribir men uning Dariush (21-4-1) bilan jangini ko‘rishni istayman. Beneil - reytingning uchinchi raqamili jangchisi.

 Jangga bir hafta qolganda oyog‘ini sindirib olganiga aql bovar qilmaydi. Lekin nima qilish kerak - bu sport. Xullas, Islamning navbatdagi jangi muhokama qilinmoqda”, - deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, "UFC Vegas 49" turnirida Maxachev Bobbi Grinni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi. 

Azamat Nuftillaev Frantsiya promousheni bilan shartnoma imzoladi

Ana xolos! "UFC 272" turnirining 2-markaziy jangi bekor qilindi

Rasman! Xamzat Chimaev hamda Gilbert Byorns jangi tasdiqlandi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!