Coca Cola Superliga: 11-turning ikki uchrashuvi sanasi o‘zgardi

  • 24 may, 2019, 16:36
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 11-turi doirasidan joy olgan “Lokomotiv” — “Surxon” hamda “Buxoro” — “Paxtakor” uchrashuvlari reja bo‘yicha 14 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Mazkur o‘yinlar sanasi o‘zgartirildi. Endilikda “Lokomotiv” ishtirokidagi bellashuv 15 iyun sanasida, “Paxtakor”ning Buxorodagi o‘yini esa 16 iyunda o‘tkaziladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Boisi, “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublari milliy terma jamoaga uch va undan ortiq futbolchi berayotgan jamoalar hisoblanadi. O‘zbekiston milliy termasining JCh-2022 saralash o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rishi uchun O‘FA iyun oyidagi FIFA kunlariga ikki emas, uch o‘rtoqlik o‘yini tayin qildi: 2 iyun — Turkiya, 7 iyun — KXDR, 11 iyun — Suriya. Tabiiyki, mazkur o‘yinlar hamda ulardan keyingi tiklanish uchun futbolchilarga vaqt kerak bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, o‘yinlar sanasi o‘zgartirdi.

Taqvim tuzib chiqilgan bir vaqtda “Lokomotiv” va “Paxtakor” ishtirokidagi o‘yinlar alohida inobatga olingan bo‘lib, O‘zPFL bu klublarning Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tishiga umid bildirgandi. Ya’ni, 17-18-19 iyun kunlari OChL o‘yinlari bor ekani inobatga olinib, poytaxt etakchilari ishtirokidagi o‘yinlar 14 iyunga tayin qilingandi. Shuningdek, O‘zPFL milliy terma jamoaning uch uchrashuvda maydonga tushishini rejalashtirmagandi. Klublarimizning xalqaro o‘yinlardan uzilganliklari inobatga olinsa, yuqoridagi o‘zgarishlar ularning rejalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha, terma futbolchilarining tiklanib olishlari uchun imkon berilgan bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” 11-turni o‘z maydonida o‘tkazadi. Milliy terma o‘yinlari ham Toshkentda ekani inobatga olinib, uchrashuv 1 kun keyingi surildi. “Paxtakor” esa Buxoroga tashrif buyuradi, shundan kelib chiqib, o‘yin ikki kun keyinga qoldirildi. Bu erda, shuningdek, Superliga bellashuvlarini translyatsiya qiluvchi “Sport” telekanali taklifi ham inobatga olinishi kerak. Ya’ni, Navoiy va Buxorodagi uchrashuvlarning bir kunga to‘g‘ri kelib qolmasligi translyatsiya masalasida muhim faktor hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Said Said
24/05/2019 21:25
Turkiya bn oyin yahshi. Lekin shimoliy koreya va suriyaga nima bor? Kuchliro raqib topilmadimikin
&
Islom Jurayev
24/05/2019 18:56
Tirik bulsak kuraveramiz bularni xunarlarlarini
АС МИЛАН
24/05/2019 16:44
ПФЛ - биз билан бирга қолинг сиз кутмаган ва эшитмаган янгиликлар ҳали олдинда...
Владислав Хан
24/05/2019 16:48
Спорт.уз худди ўша кунга тушаман диб режалаштириб қўйгандэй сарловха қўйипсиз. Хали 20 кун бор ўзгартирса ўзгартирурмийдими. МТЖ учун фойда бўсин диб қилишиптию. Ичини ўқисейлар бўмидими котта ҳурмати бор провакатор журналистлар.
24/05/2019 18:40
Нима, йил бошида Фифа кунлари борлигини билишмасмиди улар?
Владислав Хан
24/05/2019 18:52
Туркияда ўйнидиган кунлари 2 июн. Бу кун ФИФА кунларига кирмайди. УФА футболчиларни кўпроқ ўйинда синаш учун ФИФА кунларидан ташқари ҳам ўртоқлик ўйинларини топган. ФИФА кунлари манимча 4-11 июн кунлари