
Ciril Gan: “Tom Aspinall – yangi avlod vakili va u juda kuchli jangchi”
35 yoshli MMA ustasi Ciril Gan og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempion Tom Aspinall haqida iliq fikrlar bildirdi.
“Tom Aspinall – yangi avlod vakili. U zo‘r yigit, juda kuchli va har tomonlama rivojlangan jangchi. Ikkimizja ham o‘ziga xos taktikalarimiz bor. O‘ylashimcha, biz sizlarga super to‘qnashuv hadya etamiz”, — dedi frantsuz "TNT" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Aspinall va Gan qarama-qarshiligi 26 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar