CIES: "Liverpul" - APLning yangi mavsumida chempion bo‘lish uchun asosiy da’vogar!
"CIES Football Observatory" mutaxassislari statistik modeldan foydalanib, Angliya Premer-ligasi jamoalarining 2025/26 mavsum yakuniga ko‘ra chempion bo‘lish ehtimolini hisoblab chiqdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori imkoniyat "Liverpul"da – 28,9%. Mersisaydliklar amaldagi Angliya chempioni hisoblanadi.
Ikkinchi o‘rinda – "Arsenal" (18,8%), uchlikni esa "Chelsi" (16,2%) yakunlab berdi.
"Manchester Siti" faqat to‘rtinchi pog‘onada (14,4%). Kutilmagan holat sifatida beshinchi o‘rinni "Nottingem Forest" (7,9%) egalladi.
Qolganlar orasida:
"Nyukasl" – 5,8%
"Aston Villa" – 3,2%
"Manchester Yunayted" – 2,6%



Fikrlar