
Cho‘kayotgan "Everton" Lempardni iste’foga chiqaradi
Frenk Lempard "Everton" bosh murabbiyligidan ketadi.
"Sky Sports" nashrining xabariga ko‘ra, 44 yoshli mutaxassis borasida yakuniy qaror qabul qilingan. Mersisayd klubi bugun murabbiyning iste’fosini e’lon qilishi kutilyapti. Lempard 2022 yil 31 yanvarda ushbu lavozimga tayinlangan edi.
"Everton" 20-turdan keyin 15 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda. Oxirgi pog‘onadagi "Sautgempton" hisobida ham shuncha ochko mavjud.
Klub 22 oktyabrdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. O‘shanda "irislar" "Kristal Pelas"ni 3: hisobida taslim etgandi. "Everton" navbatdagi o‘yinni 4 fevral kuni "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar