Chirchiqda stritbol bo‘yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" g‘oliblari aniqlandi

  • 20 iyun, 2023, 16:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16-20 iyun kunlari Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida stritbol bo‘yicha 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasidagi mahallalardan tashkil topgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida respublika final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Uch kun davomida yuqori saviyada tashkil etilgan stritbol bo‘yicha final bosqich bahslarida quydagi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi.
16-21 yosh toifasi:
1. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi "Bahor " MFY jamoasi
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi "Darvent" MFY jamoasi
3. Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi "Rasta" MFY jamoasi
22-26 yosh toifasi:
1. Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi
"Saroy-1" MFY jamoasi
2. Farg‘ona viloyati Quvasoy tumanidagi "Bog‘bon" MFY jamoasi
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi
"Kirantov"MFY jamoasi
27-30 yosh toifasi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatash tumanidagi
"Obod" MFY jamoasi
2. Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi "Chorvador" MFY jamoasi
3. Jizzax viloyati G‘allaorol shahridagi "Samarqand" MFY jamoasi.
Bellashuvlar yakunlangach, g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Dildora Rahimova,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Muqimjon Arzikulov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov, Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Ravshan Gafurov ishtirok etdi.
Ta’kidlash lozim, ushbu final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarning mahallalariga Universal sport maydonchasi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarning mahallalariga esa "Workout" va "Streetball" maydonlarini o‘zida jamlagan bolalar sport maydonchalari barpo etiladi.
                                                                                                                    Ilhom RAHMONOV tayyorladi.

Tecno

Chirchiqda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stritbol bo‘yicha "V" liga final bellashuvlari o‘tkazilmoqda

 

yayak_1

 

sq

yach

mpstcha

r

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!