
Chim ustida xokkey federatsiyasiga yangi rais saylandi
Avazjon Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi etib saylandi.
Bugun kun davomida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining ham navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vaziri Adham Ikramov, Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, Sportning o‘yin turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi mutasaddilari, federatsiya rayosati, faxriylar va murabbiylar shtabi qatnashdi.
Konferentsiya kun tartibiga muvofiq, dastavval, federatsiya raisi o‘rinbosari Rinat Axmadulin tomonidan 2021-2024 yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etildi. Shundan so‘ng konferentsiya doirasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda federatsiya Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Sport vazirining o‘rinbosari Karimov Avazjon Qudratullaevich nomzodini mamlakat chim ustida xokkey federatsiyasi raisligiga ilgari surildi.
Ishtirokchilar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va A.Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi etib saylandi. Tadbirda so‘z olgan Avazjon Karimov bildirilgan ishonchli oqlashga, kelgusida mamlakatimizda mazkur sport rivojini yanada oshirish yo‘lida bor kuchini ishga solishini bildirdi.
Fikrlar