
Chempion “bir o‘q bilan ikki quyon”ni urmoqchi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yozgi transferlar davrida murakkab, shu bilan birga o‘ta manfaatli rokirovkaga qo‘l urmoqchi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Arne Slot o‘z jamoasiga “Napoli”ga tegishli bo‘lgan to‘purar Viktor Osimxenni olib kelmoqchi. “Liverpul” klubi mutasaddilari esa, nigeriyalik hujumchini olish yo‘llarini qidiryapti.
Hozircha, ular rokirovka usulini qo‘llash variantini ilgari surmoqda. TEAMtalk nashrining yozishicha, liverpulliklar Arne Slotga kerak bo‘lmay qolgan ikki hujumkor futbolchi – Darvin Nunes va Federiko Kezani Italiya chempioni safiga jo‘natmoqchi.
“Qizillar” bu ikki o‘yinchisi o‘rniga neapolliklar bilan murosasi buzilgan Osimxenni oladigan bo‘lyapti.
Manbaga ko‘ra, liverpulliklar bu variant bo‘yicha “Napoli” mutasaddilari va Osimxenning agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Fikrlar