"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Liga 1 klubiga o‘tdi
"Marsel" Angliyaning "Vest Xem" klubi himoyachisi Emersonni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer 1 million evro (bonuslar bilan birga) evaziga amalga oshirilgan.
31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum APLda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Emerson Italiya terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo‘lgan.
U faoliyati davomida "Chelsi", "Roma", "Lion", "Palermo" va "Santos" klublarida ham to‘p surgan.



Fikrlar