"Chelsi"ning eng qimmat futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 2 yanvar, 2022, 16:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 21-turida "Chelsi" va "Liverpul" o‘zaro bahs olib boradi.

Tecno

Mazkur bellashuvda mehmonlar hujumchisi Romelu Lukaku maydonga tusha olmaydi. Bosh murabbiy Tomas Tuxel uni so‘nggi paytlardagi gap-so‘zlari uchun jazolagan. Belgiyalik futbolchi "aristokratlar" safidagi o‘rnidan norozi ekanligini aytgandi.

Shuningdek, Lukaku sobiq klubi "Inter"ga qaytmoqchiligini ham yashirmagan. O‘z navbatida, Tuxelga bu yoqmagan va endi Romelu markaziy o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. U joriy mavsum "ko‘klar" tarkibida 18 uchrashuvda 7 ta gol urib, 2 bor assist muallifiga aylandi.

28 yoshli hujumchi yozda "nerradzurrilar" safidan "Chelsi"ga 115 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!