
"Chelsi"da yangi mavsumdan boshlab, super to‘purar paydo bo‘lishi mumkin
"Chelsi" yozda "Manchester Siti"dan ketishini e’lon qilgan hujumchi Serxio Aguero uchun kurashda etakchi sifatida tilga olinmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "aristokratlar" 32 yoshli argentinalik to‘purarning moliyaviy talablarini qanoatlantirishga tayyor. O‘z navbatida, Agueroning o‘zi ham yaxshi taklif bo‘lsa, APLda qolish istagini bildirmoqda.
Agueroning yozda “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi va shu bois, u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga "Chelsi"dan tashqari "Yuventus", "Barselona", PSJ kabi Evropa grandlari ham jiddiy qiziqmoqda.
Aguero joriy mavsum “Manchester Siti”da jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga bor yo‘g‘i 3 ta gol urishga erishdi. U mavsumning katta qismini jarohatidan davolanishga sarfladi.
Fikrlar