“Chelsi”da o‘ynagan futbolchi odam savdosiga aralashganmi?

  • 10 yanvar, 2024, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”dagi o‘yinlari bilan tanilgan Kallum Xadson-Odoi ayni paytda “Nottingem Forest” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Tecno

Mashhur hujumchi odam savdosi bo‘yicha ayblanayotgan milliarder Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ma’lumotlarda o‘zining nomi chiqqaniga izoh berdi.

- Men anchadan beri bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda qanday aylantirilayotganini kuzatib kelyapman. Bu ishlar yuz bergan paytda men yosh bola edim va shuning uchun ham bu voqeaga meni aralashtirishayotgani absurd.

Men aniq qilib shuni aytamanki, hech qachon Epshteyn mojarosiga aralashmaganman, unga tegishli orolda ham bo‘lmaganman. Bu voqea haqidagi xabarlarga meni aralashtirishni to‘xtating, - dedi Xadson-Odoi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Nottingem Forest” tarkibida 12 ta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!