
“Chelsi” zaxirasida o‘tirib charchadim, ketaman!
Taniqli jurnalist Fabritsio Romano, “Chelsi” hujumchisi Timo Verner klubdagi ahvolidan norozi ekani va tezroq boshqa jamoaga o‘tib ketish haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi.
Tomas Tuxel Germaniya terma jamoasi hujumchisiga zaxira variant sifatida munosabat qilmoqda. Bosh murabbiy uchun birinchi raqamli forvard qimmatga sotib olingan Romelu Lukaku hisoblanadi.
London klubida belgiyalik hujumchining o‘rinbosariga aylanib qolgan Verner agar murabbiylar shtabi unga o‘zini ko‘rsatishi uchun etarli darajada o‘yin vaqti ajratmasa, mavsum yakunlangach, o‘ziga yangi jamoa qidirishini yashirmayapti.
O‘z vaqtida Bundesliganing eng yorqin yulduzlaridan bo‘lgan Timo Verner joriy mavsumda Angliya premer-ligasida ettita uchrashuvda qatnashib, atigi bitta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar