
“Chelsi” yoqmadi, ketaman!
2023 yili “Chelsi”ga katta umidlar bilan olib kelingan frantsiyalik hujumchi Kristofer Nkunku yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.
27 yoshli futbolchi uchun “aristokratlar” Bundesliga vakili “Leyptsig” klubiga 60 million evro to‘lagan edi. Biroq Nkunku jamoadagi rolidan qoniqmayapti va muhitni o‘zgartirmoqchi.
Taniqlik jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, Kristofer Nkunkuning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilganiga qaramay, u klub rahbariyatiga murojaat qilib, o‘zini transferga qo‘yishni so‘ragan.
Joriy mavsum 42 ta uchrashuvda 14 ta gol va beshta assist qayd etgan futbolchi 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar o‘ziga yangi jamoa topmoqchi. Transfermarkt portali ekspertlari tajribali forvardni 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar