“Chelsi” Xolandni ko‘ndirolmasa nima qiladi?

  • 27 mart, 2021, 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich bosh murabbiy Tomas Tuxel jamoani yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqsa, “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni transfer qilishi uchun pulni ayamasligini ma’lum qilgan edi.  

Tecno

Xolandning o‘zi “Chelsi”ni grand klublar qatoriga qo‘shmasligini bildirib, bu taklifga qiziqmadi.

Endi londonliklar norvegiyalik hujumchini qo‘lga kirita olmaydigan bo‘lsa, e’tiborini “Inter”da zo‘r o‘ynayotgan Romelu Lukakuga qaratishini bildirmoqda. Biroq, Romelu Lukakuning o‘zi yaqinda “Manchester Siti” taklifini rad etib, buni Angliyaga qaytish niyati yo‘qligi bilan izohladi.

Qolaversa, Romelu Lukakuga “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda va yozda uni olish uchun sakkiz nafar futbolchini sotish harakatini boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!