
"Chelsi" Xavi Simons uchun kurashni davom ettirmoqda
Londonning "Chelsi" klubi hanuz "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Xavi Simonsni o‘z safiga qo‘shib olishdan umidvor.
Insayder Filipp Xintsening ma’lumotiga ko‘ra, nemis klubi futbolchini faqat 70 million evro miqdoridagi belgilangan to‘lov orqali qo‘yib yuborishga tayyor. Shuningdek, "aristokratlar" kelishuvga o‘z futbolchilaridan birini qo‘shib yuborishi ham mumkin. Ushbu vaziyatda hujumchi Kristofer Nkunkuning ismi tilga olingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Bundesligada 22 yoshli Simons 25 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar