
“Chelsi” va “Yunayted”ning nishoni bitta
Angliya premer-ligasi grandlari – “Manchester Yunayted” va “Chelsi” rahbariyati “Bavariya”ning frantsiyalik himoyachisi Benjamin Pavarni transfer qilishni istamoqda, deb yozdi Bild nashri.
Bu o‘yinchiga “Yuventus” va “Atletiko”dan ham qiziqish bor. Biroq, bu klublar hali myunxenliklarga taklif yuborgani yo‘q.
26 yoshli Pavar 2019 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.
“Bavariya” bu futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Klub 30 million evro to‘lagan jamoaga Pavarni yuborishi mumkin.
Fikrlar