
“Chelsi” to‘rt futbolchisidan voz kechmoqda
Angliya chempionati boshlanganiga qaramay, “Chelsi” hamon “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Raysni sotib olish fikridan qaytgani yo‘q.
Roman Abramovich klubi narxi 80 million funtga baholangan Raysni olish uchun o‘zining bir necha o‘yinchilarini sotishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Frenk Lempard tez orada Jorjino Frello, Temue Bakayoko, Deniel Drinkuoter, Andreas Kristensenni boshqa jamoaga ketishidan umidvor bo‘lmoqda.
Bu futbolchilar orasidan Jorjinoga “Milan” va “Sampdoriya” xaridor bo‘lmoqda. Qolgan o‘yinchilarga jamoa topish muammo bo‘lmoqda.
Fikrlar