
"Chelsi" superhujumchi masalasida muzokaralarni boshladi
“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Het Laatste Nieuws nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Chelsi” 28 yoshli belgiyalik futbolchining agenti bilan muzokaralarga kirishgan. “Aristokratlar” Lukakuni qo‘lga kiritish uchun o‘zining bir qator futbolchilarini sotib yuborishga ham tayyor.
“Chelsi” Lukaku uchun begona emas. U 2011-2014 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va keyin "Everton"ga yo‘l olgan.
Romelu joriy mavsum Italiya A Seriyasida 36 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda 24 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar