
“Chelsi” superdarvozabonga xaridor
Ayni paytda “Chelsi” darvozasini qo‘riqlayotgan Eduar Mendi dunyoning eng kuchli posbonlaridan hisoblanadi. Zaxirada o‘tirgan Kepa Arrisabalaga esa eng qimmat golkiper bo‘lgan.
Shunga qaramay, Tomas Tuxel boshqa qo‘riqchiga ehtiyoj sezmoqda.
El Nacional nashrining xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis birinchi raqamni “Barselona”dagi hamyurti Mark-Andre ter Shtegenga taqdim etishni istayapti.
Ter Shtegen 2014 yili Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan kelganidan beri kataloniyaliklar safida 300 dan ziyod uchrashuvda qatnashdi. Lekin kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.
“Barselona” xo‘jayinlari darvozani qo‘riqlash uchun PSJdan norozi bo‘lib yurgan Janluiji Donnarummani olib kelishga harakatni boshlaganidan beri Mark-Andre ham o‘ziga yangi jamoa qidirishga kirishib ketgan. Uning oldida “Bavariya”, “Nyukasl” kabi variantlar ham bor.
Fikrlar