"Chelsi" sobiq ustozi frantsuz klubidan kelgan taklifni rad etdi

  • 7 sentabr, 2023, 17:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Grem Potter "Lion"ni boshqarish taklifini rad etdi. 

"L'Equipe" xabariga ko‘ra, Liga 1'ning dastlabki 4 turida jamoa atigi 1 ochko qo‘lga kiritgach, "Lion" tez orada Loran Blanni iste’foga chiqarishi mumkin. 

Qayd etilishicha, nomzodlardan biri sifatida Grem Potter varianti ham tilga olingan. 

Biroq "Sky Sports" xabariga ko‘ra, "Chelsi" sobiq ustozi "Lion" taklifini rad etgan. Bosh murabbiylikka boshqa nomzodlar qatorida "Lill"ni boshqargan Paulo Fonseka va yaqinda "Vulverxempton"ni tark etgan Xulen Lopotegi ham bor.



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!