“Chelsi” skautlari “Latsio” – “Inter” uchrashuviga nega tashrif buyurishdi?
“Latsio” klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha “Chelsi” skautlari “Latsio” – “Inter” uchrashuvida serbiyalik futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatishgan.
Aytish kerakki, Milinkovich-Savichning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan va uning transfer narxi 70 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, “Latsio” Milinkovich-Savichni 2015 yil “Genk”dan 18 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar