
"Chelsi" Ronaldu o‘rniga boshqa portugaliyalik iqtidorni olib kelmoqchi
"Chelsi" "Milan" hujumchisi Rafael Leau bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "aristokratlar" yozgi transfer vaqtida portugaliyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Shu sababli, "ko‘klar" Krishtianu Ronaldu variantiga to‘xtalib o‘tmoqchi emas.
Joriy mavsum Leau "rossonerilar" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan. Shunigdek, Rafael xizmatiga "Manchester Yunayted" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar