
“Chelsi” rahbarlari zo‘r himoyachini atayin “sindiryapti”!
“Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen klub rahbariyati talabiga ko‘ra o‘yinlarga qo‘yilmayapti. Ular bosh murabbiy Tomas Tuxelga futbolchini rasmiy uchrashuvlarda zarurat bo‘lmagan taqdirda maydonga tushirishni ta’qiqlab qo‘ydi.
Manbalarning xabar berishicha, klub mutasaddilari bu qarori Kristensen jamoa bilan yangi shartnoma imzolamagani bilan bog‘liq. O‘z vaqtida Temmi Abraxam yangi bitimga ko‘nmagani uchun zaxiraga mixlangan va oxir-oqibat u “Roma”ga o‘tib ketgandi.
Kristensenning o‘yindan tashqari holatda qolishiga Tomas Tuxel aybdor emas. Uning futbolchi bilan munosabatlari juda yaxshi. Kristensen ham germaniyalik mutaxassis uni yanada yuqori bosqichga olib chiqqanidan minnatdor.
Klub rahbariyati yangi bitimga ko‘nmayotgan Antonio Ryudiger va Tiago Silvaga Kristensenga qilgan munosabatini qo‘llay olmaydi. Chunki ularning shartnomasida agar klub bu o‘yinchilardan sport printsiplaridan tashqari omillar uchun o‘ynatmasa, katta jarima to‘lashi belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar