“Chelsi” qishda superto‘purar olib keladi

  • 20 oktabr, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati qishki transferlar vaqtida “Napoli” va Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Viktor Osimxenni olib kelishga qaror qildi. Bu haqda Caught Offside nashri ma’lumot tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Viktor Osimxenga bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan ishlash yoqmayapti va u o‘z agentlaridan boshqa jamoa topishni so‘ragan. Qolaversa, yaqinda futbolchi va klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan ziddiyat ham Osimxenning ketishida muhim omil bo‘lishi mumkin.

Viktor Osimxen o‘tgan mavsumda 32 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilib, “Napoli”ning uzoq tanaffusdan so‘ng chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi.

Uning Neapol klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. “Napoli” hujumchisi 1209 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!