
“Chelsi” orzusiga etishi uchun ikki futbolchidan qutilishi kerak
“Chelsi” qishki transferlar vaqtida anchadan beri orzu bo‘lib kelayotgan “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays transferi bo‘yicha reja tuzdi.
Unga ko‘ra, londonliklar etarli mablag‘ jamg‘arish uchun asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga va qator klublardan taklif olayotgan himoyachi Antonio Ryudigerni sotib yubormoqchi.
Ayni paytda germaniyalik himoyachini “Yuventus”, “Milan” va “Barselona” o‘z safiga chorlayapti. Uning transferini amalga oshirish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Biroq, Kepaga xaridor yo‘q. 80 million evroga xarid qilingan darvozabonning maoshini ko‘p klublar ko‘tara olmaydi.
Fikrlar