
"Chelsi" "kichik mundial"ni yondirayotgan futbolchilarni kuzatib bormoqda
"Chelsi"ning bir qancha skautlari ayni dam Argentinada bo‘lib turibdi. Ular U-20 Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilarni Londonga olib ketishni maqsad qilgan.
"LondonFirst" nashri berayotgan xabarlarga ko‘ra, skautlarning e’tiborini tortgan futbolchilar bor. Markos Leanardo (Braziliya), Federiko Redondo (Argentina) Lyuka Romero (Argentina) va Adama Bojang (Gambiya) kabi o‘yinchilarning xatti- harakatlari "Chelsi" vakillariga ma’qul kelmoqda.
Ushbu xabarda vatandoshlarimizning ism-familiyasi yo‘q. Ammo ular turnirning 1/18 finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Raqib esa "C" guruhida ikkinchi o‘rinni olgan Isroil.
Fikrlar