"Chelsi" jarohat sabab yana bir yo‘qotishga duch keldi

  • 11 sentabr, 17:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Dariu Essugu uzoq vaqt davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.

Tecno

Yosh xavbek Portugaliya yoshlar terma jamoasi yig‘inida sondan jarohat olgan. Manbalarga ko‘ra, Essugu kamida uch oydan keyingina maydonga qaytishi mumkin.

Essugu bu yozda "Sporting"dan 22 million evroga sotib olingan edi. U "Chelsi" safida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist bilan jamoasiga yordam bera olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!