“Chelsi” ikki o‘yinchini jo‘natib yubordi

  • 29 iyul, 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati iste’dodli yosh futbolchilar asosiy tarkibga kira olmasligini inobatga olib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va tajriba to‘plashi uchun ijaraga yuborishi odatiy hol hisoblanadi.

Tecno

“Aristokratlar” bu gal Frantsiyaning “Strasburg” jamoasiga yana ikki yosh o‘yinchini jo‘natdi. 19 yoshli darvozabon Mayn Penders va 18 yoshli hujumkor futbolchi Kendri Paes Liga 1 o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi.

“Chelsi” belgiyalik golkiperni bir yil avval “Genk”dan 20 million evroga transfer qilib, o‘tgan mavsum shu jamoaning o‘zida ijarada qoldirgan edi.

Londonliklar Paesni shu yosh Ekvadorning “Independente” klubidan 10 million evroga xarid qildi. Yosh o‘yinchi Evropa futboliga moslashishi uchun Frantsiya chempionatiga jo‘natildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!