
"Chelsi" himoyachisi "Yuventus"ga ko‘chib o‘tadi
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger mavsumning ikkinchi yarmini "Yuventus"da o‘tkazishga yaqin turibdi.
Todofichajes nashri ma’lumotiga ko‘ra, klublar hujjat ishlarini yakunlab bo‘lishdi. Turinliklar 27 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Transfermarkt portali himoyachinining transferini 25 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Ryudiger "Chelsi" safida barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Oldinroq, "Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira qishda "Everton"ga erkin agent maqomida o‘tayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar