"Chelsi" himoyachisi klubni tark etishi mumkin

  • 17 avgust, 2024, 14:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aristokratlar"ning yangi bosh murabbiyi Entso Mareska klubning chap qanot himoyachisi Ben Chiluellni jamoadan ketishi mumkinligini tasdiqladi. Futbolchining ketishiga asosiy sabab Kukurelyaning so‘nggi o‘yinlardagi ishonchli harakatlari bo‘lmoqda. Shu bilan birgalikda, angliyalik himoyachi o‘tgan mavsum jarohatga moyil bo‘lib qolayotgan edi.

Tecno

Himoyachiga APLning "Manchester Yunayted" klubi qattiq qiziqish bildirmoqda. Hozir ushbu transfer bo‘yicha asosiy favorit "qizil iblislar" bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, Chiluell 2020 yil  "Lester" klubidan "Chelsi" safiga kelib qo‘shilgan edi. Ben London klubi tarkibida umumiy 106ta o‘yinda harakat qilib, 9 ta gol va 12 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 28 yoshli himoyachining Transfermarktdagi narxi 28 million evro bo‘lib, uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘jallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!