"Chelsi" Gvardiolni jamoaga olib kelmoqchi

  • 18 iyul, 2022, 11:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" klubi va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Sport.es.

Tecno

Manbaning yozishicha, "Chelsi" yozgi transfer oynasida 20 yoshli futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Xorvatiyalik futbolchi "Chelsi" tarkibida "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi aytilayotgan ispaniyalik himoyachi Sezar Aspilikuetaning o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Yoshko Gvardiol o‘tgan mavsum "RB Leypsig" safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!